Rasman! "Inter" yangi darvozabonning transferini e'lon qildi

Shveytsariyalik darvozabon Yann Zommer "Inter" klubi a'zosiga aylandi. Bu "neradzurrilar" matbuot xizmati tomonidan rasman tasdiqlandi.
34 yoshli darvozabon yangi klubi bilan keyingi uch mavsum uchun shartnoma imzoladi. Transfer summasi 6 million evroga baholanmoqda, darvozabonning avvalgi klubi "Bavariya" edi. U o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini myunxenliklar safida o'tkazdi va Germaniya chempioniga aylandi.
Umuman olganda, u "Bavariya" safida 19 ta o'yin o'tkazdi va 8 ta o'yinda 39 ta gol o'tkazib yuborishga "muvaffaq" bo'ldi.