Rasman. «Inter» Nainggolanni «Kalyari»ga ijaraga berdi

«Inter» yarim himoyachisi Raja Nainggolan «Kalyari»ga o'tdi. 32 yoshli futbolchi mavsum oxiriga qadar sardiniyaliklarga ijaraga berildi.
Nainggolan o'tgan mavsumda ham «Kalyari» safida ijarada o'tkazgan edi. Bundan tashqari Nainggolan 2010-2014 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Futbolchining «Inter» bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan.