Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol "Manchester Siti"ga o'tdi. Bu haqda "shaharliklar"ning rasmiy sayti xabar tarqatdi.

21 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi.

Gvardiol "Leyptsig"dan 90 million evro va 10 million bonus evaziga "Manchester Siti"ga o'tdi.

"Shaharliklar" tarkibida Gvardiol 24-raqam ostida o'ynaydi.