Frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann rasman "Barselona" futbolchisiga aylandi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

"Barselona" Grizmann uchun 120 mln evro to'ladi. Shartnoma 5 yilga tuzildi.