«Barselona» himoyachi Erik Garsiyaning transferini e'lon qildi. 20 yoshli futbolchi erkin agent sifatida «Manchester Siti»dan o'zini tarbiyalagan jamoaga qaytmoqda.

Garsiya "ko'k-anorranglilar" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchining tovon puli 400 mln evro etib belgilanadi.

Garsiya 2017 yilda «Manchester Siti»ga o'tib ketgandi. U angliyaliklar safida 35ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Garsiya «Barselona»ning mazkur yozgi transfer paytida ikkinchi yangi futbolchisiga aylandi. Avvalroq kataloniyaliklar Serxio Aguero bilan shartnoma imzolashgandi.

Manba: sport24.ru