"Renn" yarim himoyachisi Dezire Due "PSJ"ga o'tdi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, parijliklar 19 yoshli iqtidor uchun bonuslarni hisobga olmaganda taxminan 50 million evro to'lagan.

Futbolchining shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.

Avvalgi mavsumda frantsiyalik futbolchi Liga 1da 31 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.