"Roma" argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi etti mavsum davomida futbolchi "Yuventus" sharafini himoya qildi. Bu yozda Dibala Turin klubini tekinga tark etdi.

O'tgan mavsumda hujumchi "oq-qoralar" safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi. Ilgari u "Palermo"da o'ynagan.

Transfermarkt portali Argentina terma jamoasi futbolchisini 35 million evroga baholamoqda.