Rasman! "Chelsi"ning sobiq futbolchisi APL debyutanti safiga o'tdi (foto)

Angliyaning "Luton Taun" klubi o'zining rasmiy saytida yarim himoyachi Ross Barkli bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 29 yoshli futbolchi erkin agent sifatida "Luton"ga o'tdi.
Barkli "Luton Taun" safida 6-raqamda ostida harakat qiladi.
Ross Barklining so'nggi klubi "Nitstsa" edi. Avvalroq yarim himoyachi "Everton", "Chelsi", "Aston Villa", "Sheffild Uensdey" va "Lids" klublarida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, "Luton Taun" bu yil Premer-ligada debyut bo'ladi. Jamoa birinchi turda safarda "Brayton"ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 12 avgust, shanba kuni bo'lib o'tadi.
