Norvegiyaning «Molde» klubi hujumchisi David Fofana faoliyatini «Chelsi»da davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda londonliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Fofana 1 yanvardan boshlab "Chelsi" safida shug'ullana boshlaydi. Tomonlar 20 yoshli futbolchining transferi borasida to'liq kelishuvga erishishdi.

Fofana yakunlanayotgan yilda «Molde» safida 29 ta o'yinda ishtirok etib, 17 gol va 6 assist muallifiga aylandi.

Manba: football24.ru