«Renn» yarim himoyachisi Lesli Ugoshukvu «Chelsi» a'zosiga aylandi. Angliyaliklar 19 yoshli o'yinchining  transferini rasman e'lon qilishdi.

Frantsiyalik futbolchi "Chelsi" bilan 7 yillik shartnoma imzo chekdi. Shuningdek, shartnoma tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi ko'zda tutilgan.

Avvalroq ushbu transfer londonliklar uchun 27,5 million evroga tushishi haqida ma'lumot berilgandi.

Lesli Ugoshukvu o'tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida «Renn» safida 35 o'yinda ishtirok etdi.

Manba: sports.ru