Rasman! "Chelsi" 19 yoshli argentinalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi va uni ijaraga yubordi

Londonning "Chelsi" klubi argentinalik himoyachi Aaron Anselmino bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
19 yoshli futbolchi klub bilan 7 yillik shartnoma imzoladi. Qayd etilishicha, himoyachi 2024/2025 yilgi mavsumni "Boka Xuniors"da ijara asosida o'tkazadi.
"Aaron 12 yoshida "Boka"ga ko'chib o'tishdan oldin "Xuventud Unida" va "Sportivo Realiko" yoshlar jamoalarida shynagan. U 2023 yilning 10 iyunida klub bilan ilk professional shartnomasini imzolagan va o'sha kuni "Lanus"ga qarshi o'yinda asosiy jamoa safida debyut qilgan.
"Chelsi"ga xush kelibsiz va ijarada omad tilaymiz, Aaron!" - deb yozilgan ingliz klubi bayonotida.
"Chelsi" o'tgan mavsumni Angliya Premer-ligasida oltinchi o'rinda yakunladi.