“Yuventus” Janluidji Buffon transferini  e'lon qildi.

41 yoshli italiyalik darvozabon turinliklar bilan 2020 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Buffon PSJ sharafini himoya qilgan edi. U mavsum yakuniga ko'ra jamoani erkin agent sifatida tark etdi.

Ma'lumot uchun, Buffon avval ham 17 yil “Yuventus” safida to'p surgan.