Rasman! "Borussiya" (M) "Borussiya" (D)ning sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi (foto)

"Benfika" yarim himoyachisi Yulian Vaygl Myonxengladbaxning "Borussiya" klubiga o'tdi.
Nemis klubi futbolchining ijaraga olingani haqida e'lon qildi. Yarim himoyachi 8-raqam ostida o'ynaydi.
Vaygl 2015 yildan 2019 yilgacha Dortmundning “Borussiya” klubi safida o'ynagan. 2019 yil dekabr oyida u "Benfika"ga o'tgandi.
