Rasman! "Borussiya" himoyachisi Germaniyaning boshqa klubi futbolchisiga aylandi

Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachi Feliks Passlakni "Boxum"ga o'tganini e'lon qildi.
Futbolchi joriy mavsum oxirida, Dortmundliklar bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng yangi jamoasiga o'tadi.
24 yoshli Passlak "Borussiya" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2015/16 yilgi mavsumdan beri asosiy jamoada o'ynamoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 5 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.