Rasman! "Bavariya" yangi darvozabon xarid qildi

"Bavariya" Isroil terma jamoasi darvozaboni Daniel Perets bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
23 yoshli posbon bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, Tel-Avivning "Makkabi" klubi darvozabon uchun 5 million evro oladi, bonuslar ham taqdim etiladi.
Isroilning so'nggi chempionatida Perets 35 ta o'yin o'tkazdi.