Germaniyaning "Union" jamoasi "Bavariya" hujumchisi Leon Dayaku bilan shartnoma imzoladi.

"Leon mavsum oxiriga qadar jamoamiz sharafini ijara asosida himoya qiladi" - deyiladi berlinliklarning rasmiy bayonotida.

Ma'lumot uchun, 19 yoshli germaniyalik futbolchi "Shtutgart" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Myunxen klubiga 2019 yilda ko'chib o'tgan. Joriy mavsum "Bavariya" tarkibida bitta uchrashuv o'tkazdi.

Eisern, Leon! ✊#fcunion pic.twitter.com/85Gjhc527l

— 1. FC Union Berlin (@fcunion) January 16, 2021