"Bavariya" 16 yoshli hujumchini sotib olganini e'lon qildi.

Jon Kusi-Asare Myunxen klubiga AIKdan o'tdi va uzoq muddatli shartnoma imzoladi. U yoshlar jamoasida o'ynaydi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "Bavariya" Shvetsiya U17 terma jamoasi futbolchisi uchun bonuslar bilan birga 6,5 ​​million evro to'lagan.

Shvetsiya chempionatida Jon Kusi-Asare 4ta o'yin o'tkazdi.