"Barselona" jamoasini yana bir futbolchi rasman tark etgani ma'lum bo'ldi. 

Unga ko'ra, yosh yarim himoyachi Karles Alenya endi "Xetafe" klubi sharafini himoya qiladi. Uning transferidan kataloniyaliklar 5 million evro ishlab oldi. Shuningdek, "ko'k-anorranglilar" uning keyingi sotuvining 50 foiziga ham egalik qiladi.

Eslatib o'tamiz, "transfermarkt" portali Alenyani 15 million evroga baholamoqda.