"Valensiya" darvozaboni Neto "Barselona" futbolchisiga aylandi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Transfer narxi 26 mln evroga teng bo'ldi. Shuningdek, "ko'rshapalaklar" bonus shaklida yana 9 mln evro olishlari mumkin.

29 yoshli darvozabon 2023 yilgacha shartnoma imzoladi. Tovon puli esa 200 mln evro qilib belgilandi.