Serbiyalik hujumchi Deyan Yovelich faoliyatini “Ayntraxt”da davom ettiradi.

Germaniya klubi 19 yoshli futbolchini “Tsrvena Zvezda” klubidan 4 mln evro evaziga sotib oldi va futbolchining o'zi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

FrankfurtliklarYovelichni “Real”ga o'tgan Luka Yovich o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Yovelich Serbiya chempionatida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.