«Ayntraxt» hujumchisi Randal Kolo-Muani yozgi transferning so'nggi kunida «PSJ»ga o'tdi.

Frankfurtliklar tarqatgan xabarga ko'ra, "Pari Sen-Jermen" 24 yoshli futbolchining transferi uchun 95 mln evro to'laydigan bo'ldi. «Ayntraxt» uchun bu rekord summa hisoblanadi.

Kolo-Muani parijliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U "PSJ" safida 23-raqam ostida o'ynaydi.

Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda «Ayntraxt» safida Bundesliga doirasida 15 ta gol urdi.

Manba: stadion.uz