"Ayaks" Frankfurtning "Ayntraxt" klubi darvozaboni Diant Ramay bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

21 yoshli darvozabon Amsterdam klubi bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 8 million evroni tashkil qilgan.

2022/23 yilgi mavsumda Ramay Bundesligada 1 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol o'tkazib yuborgan.