"Real Sosedad" klubi "Atletiko" futbolchisi Xavi Galanni o'z safiga qo'shib oldi.

29 yoshli himoyachi mavsum oxirigacha "Sosedad"da o'ynaydi.

Galan o'tgan yozda "Selta"dan 5 million evro evaziga "Atletiko"ga o'tgan edi.

Joriy mavsumda u La Ligada 5 ta o'yinda maydonga tushib, o'rtacha 16 daqiqani maydonda o'tkazdi.