"Marsel"ning sobiq himoyachisi Sead Kolashinats "Atalanta"ga tekinga o'tdi.

Futbolchi ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

Faoliyati davomida Sead "Shalke" va "Arsenal"da ham o'ynagan.

Kolashinats o'tgan mavsumda "Marsel" tarkibida 41 o'yinda maydonga tushib, 4 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan.