Londonning "Arsenal" klubining braziliyalik hujumchisi Markinos Alensar yangi mavsumni "Nant"da ijara asosida o'tkazadi. Bu haqda Frantsiya klubi o'zining rasmiy saytida ma'lum qildi. 20 yoshli vinger yangi jamoada 10-raqam ostida o'ynaydi.

Markinos o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Norvich"da o'tkazdi va u uchun Chempionshipning 11 o'yinida maydonga tushdi, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali Markinosning narxini 12 million evroga baholamoqda.