Londonning "Arsenal" sobiq himoyachisi Sokratis Papastatopulos Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasi bilan shartnoma imzolaganligi haqida grek klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

32 yoshli futbolchi 2022/23 yilgi mavsumning oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Yanvar oyida Papastatopulos "Arsenal" jamoasi bilan shartnomasini bekor qildi va shu tariqa u "Olimpiakos"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi.

Sokratis futbolchilik faoliyatini Gretsiyaning AEK klubida boshlagan. Shuningdek u "Jenoa", "Milan", "Verder" va "Borussiya D" klublari o'ynagan.

Ο Σωκράτης Παπασταθόπουλος στα «ερυθρόλευκα»! / @SokratisPapa5 in the red and white of Olympiacos! ????⚪
#Olympiacos #Transfer #Welcome #SokratisPapastathopoulos #WelcomeSokratis #WeKeepOnDreaming pic.twitter.com/WVgSIP0uGN

— Olympiacos FC (45????) (@olympiacosfc) January 25, 2021