«Napoli» hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini «Marsel»da davom ettiradigan bo'ldi. Frantsiyaliklar uni yarim yilga ijaraga olishdi.

"Marsel" 26 yoshli futbolchini 2021 yilning yozida 8 mln evroga sotib olish majburiyatini oldi. Shuningdek, neapolliklar qo'shimcha bonus sifatida yana 4 mln evro olishlari mumkin.

Milik joriy mavsumda «Napoli» safida birorta o'yinda maydonga tushmadi.

Manba: sport.ua