Rasman. Adam Lallana «Brayton» bilan shartnoma imzoladi

Yarim himoyachi Adam Lallana «Brayton» a'zosiga aylandi. Futbolchi «Liverpul» safini erkin agent sifatida tark etdi va yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
32 yoshli o'yinchi «Brayton» bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi, deya xabar tarqatdi klub rasmiy sayti.
Adam Lallana 2014 yildan buyon «Liverpul» safida o'ynab kelayotgan edi. Yakunlangan mavsumda u APL doirasida 22ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.
Lallana «Brayton» safida 14-raqamli futbolkada o'ynaydi.