Rafinya uchun APLning yana ikki grand klubi kurashga qo'shildi

"Lids" yarim himoyachisi Rafinya Dias yana ikki ingliz klubining transfer maqsadiga aylandi. The Sun nashri xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining transferiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Rafinyaning transferi 55-60 million evro atrofida baholanmoqda. Ilgari “Barselona” futbolchi uchun favorit bo'lgan bo'lgandi, biroq, hozirda klubda ushbu transferni amalga oshirish uchun pul yo'q. Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi uchun Londonning uchta klubi - "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Rafinya o'tgan mavsumda Premer-ligada 11 ta gol urdi. Agar "Lids" Chempionshipga tushib ketganida, yarim himoyachining narxi 20-30 million evroga tushib ketardi.