Rabo faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi aniq bo'ldi

"PSJ" yarim himoyachisi Adrian Rabo yaqin orada "Yuventus" a'zosiga aylanadi. Bu haqda El Chiringuito xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, frantsiyalik futbolchi "keksa sinora" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Rabo "Yuve" safida 7 million evro maosh oladi. Bundan tashqari, "Yuventus" Adrianga 10 million evro miqdorida bir martalik "ko'tarma" puli beradi.
Raboning "PSJ" bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi. Shundan so'ng "Yuventus" futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qiladi.