“Fulxem” jamoasining sobik futbolchisi Rayan Babel faoliyatini “Galatasaroy”da davom ettiradi.

32 yoshli futbolchi Turkiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan. Futbolchining yillik maoshi 2,5 million evroni tashkil etadi va bunga qushimcha kilib futbolchi 2 million  mukofot puli  oladi.Eslatib utamiz  2017-2019 yillarda Babel ”Beshiktosh”da o'ynagan.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida futbolchi “Fulxem”da o'ynadi va ushbu jamoani erkin agent sifatida tark etdi.