Qatarning “Al-G'arafa” klubi “Yuventus” hujumchisi Mario Manjukich bilan kelishuvga erishishga yaqin.

La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Nikolo Skiraning xabar berishicha, qatarliklar futbolchi uchun 3 yillik shartnoma va yiliga 7 million evro maosh taklif qilishmoqda.

Avvalroq, “Yuventus” direktori Fabio Paratichi Manjukich qatarga yo'l olishini takidlagan edi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Mario birorta o'yinda maydonga tushmadi.