Pyanich klub xodimlari bilan xayrlashdi

Bosniyalik futbolchi Miralem Pyanich kecha Gamper kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Zaltsburg" klbuiga qarshi o'yinda maydonga tushmadi.
"AS" nashri bergan ma'lumotga ko'ra, yarim himoyachi Turin klubiga qaytishga taraddud ko'rmoqda. U allaqachon Kataloniya klbuning bir qator xodimlari bilan xayrlashib ulgurdi. Katta ehtimol barchasi yaqin vaqtlar ichida hal bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Pyanich o'tgan yili yozda 60 million evro evaziga "ko'k-anorranglilar" safiga kelib qo'shilgan edi.