Pyanich APLga yo'l olishi mumkin

"Barselona" futbolchisi Miralem Pyanich jamoani tark etishi mumkin. Manbaning xabariga ko'ra, "Everton" Pyanichga qiziqmoqda va yozda uni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Mersisayd klubi bosniyalik yarim himoyachi uchun 40-50 million evro ajratishga tayyor."Everton"ning "Barselona" bilan aloqalari yaxshi bo'lgani uchun, uni o'z safiga qo'shib olishga ishonmoqda. Oldinroq, APL klubi Lyuka Din, Yerri Mina va Andre Gomesni "ko'k-anorranglilar"dan sotib olgan edi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli yarim himoyachi bu mavsum Kataloniya klubi safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, hali samarali harakat amalga oshira olmadi.