“Sent-Eten” rasmiy saytining ma'lum qilishicha, jamoa yarim himoyachi Yoan Kabay bilan shartnoma imzoladi.

33 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo'shitldi va 1 yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi so'nggi mavsumni “Al-Nasr” klubida o'tkazgan edi. Shuningdek, havbek faoliyati davomida “Lill”, “Nyukasl”, PSJ va “Kristal Pelas” kabi klublarda to'p surgan.