"PSJ" Ronalduga fantastik maosh taklif qilmoqda

"PSJ" "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi. Bu haqda "Diario Gol" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, parijliklar portugaliyalik futbolchi uchun 140 mln evro to'lashga tayyor. Ronalduning o'ziga esa "PSJ" yiliga 50 mln evro maosh taklif qilmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Ronaldu dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi.