«PSJ» klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Kilian Mbappeni klubda qolishiga ishonmoqda. U o'z intervyusida shunday deydi:

«Mbappe bizning futbolchimiz. Futbol sanoati esa yolg'on xabarlarga to'la. Klub prezidenti va Leonardoning qarori aniq. U biz bilan shu erda qoladi va men uni jamoada borligidan juda xursandman. U eng yaxshi futbolchilardan. Unda ilohiy qobiliyat bor».

Avvalroq «Real» Mbappe uchun 171 millionlik taklif yuborgani, ammo bu rad etilgani haqida xabar qilingan edi.

Manba: futaa.com