«PSJ» Pogba uchun «MYu»ga ikki o'yinchini taklif qildi

«Pari Sen-Jermen» klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbani qo'lga kiritishni istamoqda. Parijliklar 27 yoshli futbolchi uchun "qizil iblislar" o'z yarim himoyachilari — Anxel Di Mariya va Yulian Drakslerni taklif qilmoqda.
Pogbaning xizmatiga, shuningdek, «Yuventus», «Real» va «Inter» klublari ham qiziqish bildirishmoqda. Uning "MYu" bilan shartnomasi 2021 yilning oxiriga qadar tuzilgan.