«PSJ» klubi qanday holatda Neymarni «Barselona»ga sotishi mumkinligini ma'lum qildi. Parijliklar sharti quyidagicha bo'ldi:

Koutino yoki Dembele + Semedu + ma'lum miqdorda pul.

Kataloniyaliklar esa Nelson Semeduni mazkur transferga qo'shmoqchi emaslar.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Real» Neymar bo'yicha muzokaraga kirishib, «PSJ»ga Luka Modrich va 120-140 million evro atrofida pul taklif qilgan edi. Ammo xorvatiyalik futbolchi "Qirollik klubi"ni tark etishni istamadi.