«PSJ» hujumchisi «Sporting»ga o'tdi

"PSJ" hujumchisi Xese Rodriges Lissabonning "Sporting" klubiga o'tdi. Portugaliyaliklar futbolchini bir yilga ijaraga olishdi. Jamoa kelasi yilda uning transferini sotib olishi mumkin.
26 yoshli Xese "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yildan beri "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda. U barcha musobaqalar doirasida parijliklar safida 16ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. So'nggi yillarda u "Las-Palmas", "Stok Siti" va "Betis"ga ijaraga berildi. Uning "Pari Sen-Jermen" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.