"PSJ" ham bu kurashga qo'shildi

"PSJ" yangi hujumchi sotib olishga harakat qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Leyptsig" futbolchisi Kristofer Nkunku uchun Parij klubi ham kurashga qo'shilmoqchi.
Nkunku ayni damda nemis klubining asosiy figuralaridan biri sanaladi. U hujum chizig'ining har uch nuqtasida o'ynay oladi.
Shu sabab "PSJ" rahbariyati uni Neymar va Messining o'rniga uzoq vaqtli o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Nkunku uchun "Chelsi" hamda "Liverpul" ham da'vogar sanaladi.
Manba: caughtoffside.com