"PSJ" Messi bilan shartnoma imzolagach, Pogbaga bo'lgan qiziqishni to'xtatadi

Lionel Messi "PSJ" bilan shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko'rmoqda, 34 yoshli futbolchi yakshanba kuni Frantsiyaga kelishi kerak.

Taniqli ESPN nashri xabariga ko'ra, "PSJ" argentinalik futbolchining transferi
rasman tasdiqlangandan so'ng, Pol Pogbaga transferiga qiziqishini to'xtatadi.

Mazkur transferni to'xtashiga "PSJ" Neymar, Kilian Mbappe va Messi kabi yulduz futbolchilarning katta maoshi sabab bo'lmoqda.