PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler yozda jamoani tark etadi.

L’Equipe nashrining xabariga ko'ra, parijliklar 25 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchining klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2 yildan keyin yakuniga etadi.

Avvalroq, Draksler xizmatlariga “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Bavariya” va “Borussiya” klublari qiziqayotgan edi.