"PSJ"da muammolar vujudga kelmoqda. Xabarlarga ko'ra, jamoaning ikki asosiy tarkib futbolchisi Varren Zair-Emri va Markinoslar jarohat olgan.

Bu narsa esa "Nyukasl"ga qarshi EChL bahsidan oldin juda katta yo'qotish hisoblanadi. Luis Enrike bu muammoga echim topishi lozim. Eslatib o'tamiz, "Nyukasl"ga qarshi birinchi davrada 4-1 hisobidagi mag'lubiyat qayd etilgan.

Manba: newsnow.co.uk