"PSJ" Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Randal Kolo-Muanining transferi ustida ishlashda davom etmoqda.

Biroq, agar nemis klubi yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida juda yuqori narx so'rasa, Liga 1 gigantlari B rejasiga ega. Bu haqda jurnalist Bruno Salomon ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

"PSJ" uchun B rejasi aniq kim ekanligi aytilmagan. Biroq, gap Angliya Premer-ligasi futbolchisi haqida ketmoqda.

Frantsiya chempionatining uchta turidan so'ng, "PSJ" hisobida besh ochko bor.