"PSJ" Bellingemni sotib olishni rad etgan

"PSJ" Jud Bellingem transferini rad etgan. Xabarlarga ko'ra, o'tgan yili "Borussiya Dortmund" o'z yulduzi Bellingemni parijliklarga taklif etgan.
Ammo bu taklif rad etilgan. Negaki, "PSJ" o'z tarbiyalanuvchisi Varren Zair-Emrining yo'lini to'sishni istamagan. Bellingem o'tgan mavsumda 31 ta o'yinda 12 ta golda ishtirok etgandi.
Manba: newsnow.co.uk