«PSJ» 29 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzoladi

«PSJ» 29 yoshli darvozabon Aleksandr Letele bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Frantsiyalik posbon bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Futbolchi o'tgan mavsumda Liga-2 vakili «Orlean» safida o'tkazib, 6ta o'yinda 7ta to'p o'tkazdi.
Letele «PSJ» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tizimida 2000-2010 yillarda tarbiyalangan.
«Men uchun «PSJ»ga qaytish ulkan faxr. Men Keylor Navas va Serxio Riko kabi ajoyib posbonlar bilan birga shug'ullanishni intizorlik bilan kutyapman», — dedi Letele.