«PSJ» 10 million evroga o'yinchi sotdi

«PSJ» himoyachisi Mitchel Bakker jamoani tark etdi. Parijliklar 21 yoshli futbolchini «Bayer»ga sotishdi.
Jurnalist Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko'ra, transfer narxi 10 million evroga teng bo'lgan. Bakker leverkuzenliklar bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Bakker Liga-1ning yakunlangan mavsumida 26ta o'yinda maydonga tushib, 2ta golga uzatma berdi.