Portugaliyalik yulduz – MLS klubi nishonida

“Beshiktosh” yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchining xizmatiga “Toronto” klubi qiziqish bildirmoqda. Uning Turkiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning 30 iyunugacha amal qiladi. U “Beshiktosh”da 2015 yildan beri o'ynaydi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Kuarejma 26 ta o'yinda maydonga tushib 3 ta gol va 12 ta golga assisentlik qildi.