“Roma” himoyachisi Ivan Markano faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.

32 yoshli futbolchi “Portu” bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoasida beshinchi raqam ostida o'ynaydi.

Rimliklar Markanoni 3 mln evro evaziga sotishdi. Bir yil oldin ushbu futbolchini bepulga qo'lga kiritgan edi.

Markano avvalroq “Portu”da 2014 yildan boshlab 2018 yilgacha o'ynagan.